Joriy yilning 2024-yilning aprel oyida tuman aholisi va tadbirkorlar orasida seminar tashkil qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Kasbi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Abdullayev so‘zga chiqib kun tartibidagi masala bo’yicha fikr mulohazalarini bildirib o`tdi. Jumladan:
Bezgak kasalligini tashuvchisi Anofeles chivinlari hisoblanadi va geterotrof hashoratlarga kiradi ya’ni turli bosqichlari turli muhitda rivojlanadi:
1.Tuxumi. 2.Lichinkasi. 3.G‘umbagi.

Tuxumlari suvda rivojlanadi voyaga etgani imogosi esa ochiq havoda yashaydi. Anofeles chivinlari tuxumlarini suvni yuzasiga tup-tup yoki yakka-yakka bir-biriga birikmagan holda qo’yadi. Agar tuxumlari suv qirg’og’ida yoki o’simliklarning ustiga tushib qolsa ular qurib rivojlanishi to’xtaydi va nobud bo’ladi, tuxumlarining rivojlanishi uchun qulay harorat 27- 29 C0 bu haroratda 2 sutkada yetiladi.

Chivin (kechki – chaquvchi pashsha)lar kechasi hayot kechiradi, urg’ochilari qon so’rib ovqatlanadi. Keng tarkalgan culeks chivinlari qushlarda bezgak kasali tarqatadi.
Bezgak chivini – anofeles odamga to’rt xil parazit – qon plazmodiyalarini tarqatib, xavfli bezgak kasalini tez tarqalishiga sabab bo’ladi. Tuxumdan chiqqandan keyin anofeles chivinlarining 1- bosqichdagi lichinkalaring kattaligi 0,8 – 1,5 mm, 1-3 soatdan keyin ovqatlana boshlaydi.
Chivin qurtlarining boshi katta, tuksimon o’simtalar bilan qoplangan, ogiz organi yaxshi rivojlangan. Anopheles lichinkalari kichikroq suv havzalarida, shamol tegmaydigan qirgoqlarda ko’p uchraydi. Katta suv havzalarida lichinkalar suv o’tlari bilan qoplangan joylarda uchraydi.
Dezinseksiya turlari dezinseksiya, dezinfeksiya kabi profilaktik va o‘choqli turlarga bo‘linadi. Profilaktik dezinseksiyani hashorotlar va kanalar urchib ketishining oldini olish, shuningdek, ularning turarjoy va xo‘jalik xonalarida in qurishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘tkaziladi. O‘choqli dezinseksiyani trasmissiv, parazitar kasalliklar va qo‘tir o‘choqlarida, shuningdek boshqa o‘choqlarda pashshalar bo‘lgan taqdirda ichak infeksiyalari uchun ham o‘tkaziladi.

Dezinseksiya usullari: Dezinseksiyaning quyidagi usullari mavjud: — mexanik; — fizik; — kimyoviy; — biologik; — qo‘shma. Dezinseksiyaning mexanik usullari ba’zi bir hollarda devorlarni islardan tozalashda, pollarni supurishda, chang yutgichni ishlatishda, hovlilarni tozalashda chang-g‘uborlar bilan birga bo‘g‘imoѐqlilarni yo‘qotishni o‘z ichiga oladi. Deraza va eshiklarga to‘r qoqish yo‘li bilan bo‘g‘imoѐqlilar uchib kirishining oldini olish va ularni har xil usullar bilan yo‘qotish (ѐpishqoq tasmalar, pashshaga qarshi qarsildoq), maxsus tuzoqlar va b.q. bilan yo‘qotishga asoslangan usullar muhim o‘rin tutadi. Dezinseksiyaning fizik usullari yuqori harorat, xususan quruq ѐki namlangan havo, suv bug‘i, issiq ѐki qaynab turgan suvdan foydalanishni o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda ultrayuqori chastotali toklar, ultratovush, ionlangan nurlantirishdan foydalanish taklif qilingan. Dezinseksiyaning kimyoviy usullarida hasharotlarni (insektitsidlar), kanalar (akaritsidlar), lichinkalar (larvitsidlar), hasharot va kanalarning tuxumlarini (ovitsidlar) yo‘q qiladigan moddalardan foydalaniladi. Kimyoviy moddalar dezinseksiyaning maqsadlari va vazifalariga bog‘liq holda dustlar, emulsiyalar, suspenziyalar, sovunlar, malhamlar, eritmalar, aerozollar, zahar qo‘shilgan xo‘raklar, maxsus qalamlar, laklar, bo‘yoqlar va boshqalar shaklida qo‘llanilishi mumkin.
Sanitariya gigiyena bo‘limi mudiri E.Xo`jayev so`zga chiqdi:
2021 yil 10-aprel kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan O`zbekiston preferensiyalar bosh tizimi plyus (GPS+) benefisiar mamlakat maqomi berilganligi, mazkur tizim 2021-yilning 1 noyabridan kuchga kirganligini inobatga olib GSP + tizimigz kiruvchi 6200 turdagi mahsulotlar yetishtirish va savdosi bilan shug`ullanuvchi korxona va tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish chora tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Tavsiyalar
Mahsulotlarni saqlash uchun maxsus omborxona tashkil qilish lozim.
Omborxonada tegishli mahsulotga muvofiq harorat rejimini tashkil qilish lozim.
Eksport qilish jarayonida maxsus sovutish, haroratni nazorat qilish imkoniyatiga ega transport vositalaridan foydalanish lozim.
Yashash (dam olish) xonalaridagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Yashash (dam olish) xonalarida samarali havo almashinuvi tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq tashkil qilinishi kerak.
Yashash (dam olish) xonalari tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
Yoritish vositalarida ko‘zni qamashtirishdan saqlovchi choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
Yoritish vositalari uchun 220 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanishli tok qo‘llanishi lozim.
Ko‘chma yoritish vositalarini ishlatishda izolatsiyasi rezina shlangli egiluvchan o‘tkazgichdan foydalanilishi lozim.
Yoritish vositalarini ta’mirlash va uning ichki elementlarini ko‘zdan kechirish, yaroqsiz holga kelgan elektr chiroqlari va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tizimi tarmog‘i o‘chirilgan holda bajarilishi lozim.
Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
Yoritish vositalarini nazorat qilish va ta’mirlash ishlari mazkur ishlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Elektr yoritish tarmoqlari poldan 2,5 m dan past bo‘lmagan balandlikda bo‘lishi kerak.
Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda halokat (avariya) yoritgichlari bo‘lishi lozim.
Halokat (avariya) yoritgichlari boshqa yoritgichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi hamda vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib, sozligi nazorat qilinib turilishi lozim.
Suv ta’minoti va oqova suv tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” qoidalari talablariga mos kelishi lozim. 39. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Kasbi tuman Veterinariya va chorvachiliklni rivojlantirish bo`limi boshlig`i S.mamadiyorov so`zga chiqib:
Hududdagi epizootologik vaziyat haqida atroflicha ma`lmot berdi va kamchiliklarni bartaraf qilish yo`llari haqida fikrlar bildirib erishilayotgan yutuqlar haqida gapirdi. 
Tadbir davomida O’zb.Res.Prez 24.03.2022 yildagi 33-sonli farmoni,O’zb.Res.SEO va JSQning 15.03.2021 yildagi 27-sonli buyrug’i,O’zbekiston Respublikasining 784-qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida SEO va JSQ Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Kasbi tuman bo’limi xodimlari tomonidan «Komilon» va «Yuksalish» MFY hududida joylashgan xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholiga ichimlik suvini sifatli saqlash,uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslik,uy sharoitida konserva bankalar yopmaslik ,uning oqibatlari Botulizm kasalligi, O’RVI,QKGI, quturish,virusli gepatit, COVID-19 kasalliklari haqida xonadonlarda saqlanayotgan it va mushuklarni veterinariya ko’rigidan o’tkazib, o’z vaqtida kasalliklarni oldini olish maqsadida emlatish kabi profilaktik sanitariya targ’ibot ishlari olib borildi.