Sanepidqo‘mitaning Kasbi tumani bo‘limi xodimlarining eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni.

Kasbi tumanida eksport salohiyatini oshirishda Sanepidqo‘mitaning tumandagi bo‘limi xodimlari faol ishtirok etmoqda. Jumladan, 18.04.2025-yil kunidagi «Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyati rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-67 sonli O‘zbekiston Respublika Prezident farmoniga asosan tumanda faoliyat yuritayotgan issiqxonalar, zamonaviy qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksport talablari va xalqaro standartlarga mos bo‘lishi uchun doimiy monitoring va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Sanepidqo‘mita xodimlarining eksportyorlar bilan bevosita hamkorligi quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
• Ishlab chiqarish jarayonida gigiyenik talablarga rioya etilishini o‘rganish: Xodimlar issiqxona va ishlab chiqarish korxonalarida muntazam tashriflar uyushtirib, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash bosqichlarida sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilinishi, eksport qilinadigan mahsulotlarning sifat va xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qiladilar.
• Targ‘ibot va maslahat berish: Ishlab chiqaruvchilarga eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarda xalqaro gigiyena va xavfsizlik standartlari haqida tushuntirishlar beriladi, xalqaro sertifikatlashtirish jarayoniga tayyorlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.
• Mahalliy va xorijiy bozorga chiqishda maslahat va ko‘mak: Eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, xalqaro bozorlarda mahsulot sifatini ta’minlash, logistika va boshqa zarur yo‘nalishlarda maslahat va axborot yordami ko‘rsatiladi.
• Tashrif va suhbatlar: Sanepidqo‘mita xodimlari tumandagi issiqxonalar, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar, qayta ishlash sexlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat va targ‘ibot ishlarini olib boradi. Mahsulotlarning eksportbopligini oshirish uchun zaruriy tavsiyalar beriladi, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ma’lumotlar yetkaziladi.
Bu kabi chora-tadbirlar natijasida Kasbi tumanida ishlab chiqarilayotgan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro standartlarga moslashtirilib, eksport hajmi yil sayin oshib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, mahalliy aholi daromadining oshishiga va iqtisodiy barqarorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Sanepidqo‘mitaning Kasbi tumani
bo‘limi xodimi B.Maydonov

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *