Aholi yashaydigan hududdagi chiqindixona (musorka) toza bo‘lmasa, hid chiqsa yoki chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmasa, bu nafaqat noxush holat, balki sanitariya va sog‘liq uchun xavf ham hisoblanadi.

Bunday holat uchun qaysi tashkilot javobgar hisoblanadi?

✔️ “Mahalliy kommunal xizmat” korxonalari

– Chiqindilarni belgilangan jadvalda yig‘ib chiqish va tashib ketish ularning vazifasi.

– Agar chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmasa, birinchi navbatda shu xizmat tashkiloti javobgar.

✔️ Tuman/shahar hokimligi huzuridagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi

– Atrof muhit ifloslanishi va sanitariya qoidalari buzilishi uchun shu idora ham nazoratchi hisoblanadi.

✔️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (SES)

– Agar chiqindixonada hasharot, kalamush va noxush hid tarqalsa, aholi salomatligiga xavf solishi mumkin. Shu jihatdan ular sanitariya nazoratini amalga oshiradi va chora ko‘rilishi uchun kommunal xizmatlardan talab qiladi.

✔️ Mahalla fuqarolar yig‘ini

– Aholi shikoyatini yig‘ib, tegishli tashkilotlarga yetkazish vazifasi bor.

✔️ Agar chiqindixonadagi noxush holat davom etsa:

Avvalo maxalla raisini xabardor qiling.

Keyin kommunal xizmatlar (chiqindi tashish korxonasi)ga murojaat qiling.

🔽🔼 Agar muammo hal etilmasa, SES yoki Ekologiya inspeksiyasiga rasmiy shikoyat yozish mumkin.

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *