Tumandagi eksportyor korxonalarda sanitariya-targ`ibot ishlari olib borildi.

2021 yil 10-aprel kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan O`zbekiston preferensiyalar bosh tizimi plyus (GPS+) benefisiar mamlakat maqomi berilganligi, mazkur tizim 2021-yilning 1 noyabridan kuchga kirganligini inobatga olib GSP + tizimigz kiruvchi 6200 turdagi mahsulotlar yetishtirish va savdosi bilan shug’ullanuvchi korxona va tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish chora tadbirlarini amalga oshirish zarurligi hukumatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ustuvor masala bo’lib kelmoqda.

Davlatimiz raxbari tomonidan barcha mutasaddi tashkilotlar xususan SEO va JS qo`mitasi va uning hududiy bolimlariga ham ekportyor korxonalarni qo’llab quvvatlash bo`yicha tegishli topshiriqlar berilgan.`

Shu borada 7-iyun kuni SEO va JS Kasbi tumani bo`limi xodimlari tomonidan tumandagi «Kasbi pocheon agro» MChJ hamda «Saidzamon» MCHJ larda sanitariya targ`ibot ochiq muloqot tadbirlari tashkil qilindi.

SEO va JS Kasbi tumani bo`limi xodimlari tomonidan eksport qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ammo hozirda eksport qilish salohiyati bo`lmagan oziq-ovqat korxonalarini o`rganish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *