Bilamizki hududimiz dengiz, okeanlardan uzoqda joylashganligi sababli aholimiz asosan yod moddasini osh tuzidan oladi. Ammo afsuski hozirgi kunda tumanimiz savdo do`konlarida sotilayotgan hamda maktabgacha ta`lim muassasalarida tabiyalanuvchilarga berilayotgan tuzlarda yod moddasi yetishmasligi kuzatilmoqda.
Yod organizm uchun muhim element hisoblanadi. U qalqonsimon bez gormoni bo‘lgan tiroksin ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Ushbu gormon metabolizm, immunitet, aqliy va jismoniy rivojlanish, ko‘plab ichki organlar va yurak-qon tomir tizimining ishiga ta’sir qiladi. Tiroksin hujayralar o‘sishi va bo‘linishida ham ishtirok etadi, psixologik va hissiy salomatlik, asab tizimining holati ham unga bog‘liq.
Voyaga yetgan odamlarda uzoq muddatli yod tanqisligi tufayli qalqonsimon bez holatni yaxshilashga harakat qiladi — u to‘qimalarning o‘z hujayralarini ko‘paytirish orqali tiroksin ishlab chiqarish uchun hajmni oshiradi. Bo‘qoq esa shuning natijasida paydo bo‘ladi.
Ammo yod tanqisligining dastlabki bosqichlarida tashqi belgilar bo‘lmasligi mumkin. Bu boshqa alomatlar bilan namoyon bo‘ladi: doimiy charchoq, xotira buzilishi, beparvolik, zaiflik, atrofga befarqlik, soch to‘kilishi, sababsiz kilogramm ortishi, nafas qisilishi, ayollarda hayz davrining buzilishi kuzatilishi mumkin.

SEO va JSQ Kasbi tumani bo`limi
Sanitariya vrachi B.Maydonov